Abstract
Ushbu ishda qovushqoq-elastik xossalarga ega bo‘lgan tekis
qatlamli to‘lqin o‘tkazgichlarda dissipativ to‘lqinlarning tarqalish qonuniyatlari
o‘rganiladi. Modelda qatlamning mexanik parametrlari, muhitning qovushqoqligi,
elastikligi hamda energiya yo‘qotilish mexanizmlarining to‘lqin jarayonlariga
ta’siri tahlil qilinadi. To‘lqinlarning amplitudasi, fazasi va tezligidagi o‘zgarishlar
matematik tenglamalar asosida tadqiq qilinib, turli dissipativ omillar ta’sirida
tarqalishning barqarorligi va xususiyatlari aniqlanadi. Olingan natijalar texnik
tizimlarda tebranishlarni boshqarish, diagnostika jarayonlari hamda muhit
xossalarini baholashda qo‘llanilishi mumkin.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 INNUC
