Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarida buxgalteriya hisobi tizimini raqamlashtirish jarayoni va uning samaradorligi tahlil qilingan. Bank sektorida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash hamda moliyaviy hisobotlarning aniqligini oshirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqot davomida raqamli tizimlarning bank operatsiyalariga ta’siri, ichki nazorat mexanizmlarining takomillashuvi va moliyaviy axborotlar shaffofligi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, buxgalteriya jarayonlarini raqamlashtirish bank faoliyatining samaradorligini oshiradi, xatoliklarni kamaytiradi hamda qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 INNUC
