Abstract
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari (AT)
sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va
istiqbolli vazifalarni yoritadi. Maqsad – O'zbekistonning raqamli transformatsiya
jarayonidagi o'rnini aniqlash, sohaning asosiy yo'nalishlarini belgilash va
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish. Tadqiqot davomida O'zbekistonning AT
sohasidagi qonunchilik bazasi, infratuzilma rivojlanishi, kadrlar tayyorlash tizimi
va xalqaro hamkorlik aloqalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, mahalliy dasturiy
ta'minot (DT) ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash, startap ekotizimini
rivojlantirish va elektron hukumat xizmatlarini takomillashtirish masalalari ko'rib
chiqiladi. Referat xulosasida O'zbekistonning AT sohasidagi raqobatbardosh
ustunliklari va kelgusidagi rivojlanish strategiyalari bo'yicha takliflar ishlab
chiqiladi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 INNUC
