Abstract
“Bola” konsepti barcha madaniyatlarda markaziy o‘rinni egallaydi, chunki u insoniyatning umuminsoniy qadriyatlarini, ijtimoiy me’yorlarini va madaniy an’analarini aks ettiradi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “bola” konseptining og‘zaki ifodalanishi hamda lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Leksikografik tahlil, madaniy nutqiy kontekst va frazeologik birliklar asosida bolalik tushunchasining ifodalanishidagi o‘xshashliklar va farqlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz tilida “child” konsepti individuallik, mustaqillik va huquqiy maqom bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek tilidagi “bola” konsepti oilaviy qadriyatlar, kattalarga hurmat va madaniy meros izchilligini aks ettiradi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 INNUC
