Аннотация
Mazkur maqolada axborot tizimlarini web virus hujumlaridan himoya qilishning adaptiv usullari va algoritmlari tadqiq qilingan. Zamonaviy web asosidagi axborot tizimlariga nisbatan amalga oshirilayotgan zararli hujumlar, xususan, Cross-Site Scripting (XSS), iframe injection, web-shell joylashtirish, obfuskatsiyalangan JavaScript kodlari va boshqa zararli skriptli ta’sirlar tizim xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida web virus hujumlarining shakllanishi va tarqalish dinamikasi ehtimollik-risk modeli asosida tahlil qilingan hamda Markov–Poyya taqsimoti yordamida hujumlarning rivojlanish ehtimollari modellashtirilgan. Web muhitda yuzaga keluvchi tahdidlarni aniqlash uchun timsollarni tanib olish nazariyasiga asoslangan moslanuvchan (adaptiv) algoritmlar ishlab chiqilgan

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial» («Атрибуция — Некоммерческое использование») 4.0 Всемирная.
Copyright (c) 2026 INNUC
