ALBIT VA GUMMI-20 BIOLOGIK STIMULYATORLARINING ANDIJON-37 G‘O‘ZA NAVI CHIGITLARINING DALA UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI
PDF (English)

Как цитировать

INNUCadminYangi. (2026). ALBIT VA GUMMI-20 BIOLOGIK STIMULYATORLARINING ANDIJON-37 G‘O‘ZA NAVI CHIGITLARINING DALA UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI . INNUC, 1(1), 199–204. извлечено от https://innuc.uz/index.php/innuc/article/view/284

Аннотация

Ushbu tadqiqotda Andijon-37 g‘o‘za navi chigitining unib chiqish darajasiga biologik faol moddalarga ega Albit va Gummi-20 preparatlarining ta’siri o‘rganildi. Tajriba davomida chigitlar turli me’yorlarda Albit (50, 75 va 100 ml/t) hamda Gummi-20 (0,5 va 1,0 l/t) preparatlari bilan ishlov berilib, dala sharoitida unib chiqish dinamikasi baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chigitlarning unib chiqish darajasi preparat turi va qo‘llash me’yoriga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgardi. Eng yuqori natija Albit preparatining 100 ml/t me’yorida qo‘llanilgan variantida kuzatilib, unib chiqish darajasi 75,3 % ni tashkil etdi va nazorat variantiga nisbatan 13,9 % ga yuqori bo‘ldi. Gummi-20 preparati ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, eng yuqori natija 1,0 l/t me’yorida 73,0–71,5 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar biologik stimulyatorlar g‘o‘za chigitining dala sharoitida unuvchanligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi

PDF (English)
Лицензия Creative Commons

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial» («Атрибуция — Некоммерческое использование») 4.0 Всемирная.

Copyright (c) 2026 INNUC